Toşkent şahar tumanlarining markaziy maydonlarida “Navröz” umumxalq bayram tadbirlari taşkil etilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, quyidagi manzillarda joriy yilning 21 mart kuni bayram tadbirlari soat 10:00da boşlanib 18:00ga qadar davom etadi.
Özbekistonliklar mart oyida neça kun dam oladi?
Şahar asosiy sahnasi: “Özekspomarkaz” hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;
Bektemir tumanida: “Quyoşça nuri” boği hududida taşkil etiladi.
Mirobod tumanida: “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat boğida hamda “Temiryölçilar” madaniyat saroyida taşkil etiladi.
Mirzo Uluğbek tumanida: “Lokomotiv” nomidagi madaniyat va istirohat boğida hamda “Bobur” nomidagi eko boğda taşkil etiladi.
Sergeli tumanida: “Yoşlar” boğida hamda “Grin Park” nomidagi madaniyat va istirohat boği (sobiq “Sohil” boği)da taşkil etiladi.
Uçtepa tumanida: “Eko” boğida va “Boği şamol” nomidagi madaniyat va istirohat boğida taşkil etiladi.
Olmazor tumanida: “Abdulla Qodiriy” nomidagi madaniyat va istirohat boğida hamda Talabalar şaharçasida bayram keng nişonlanadi.
Çilonzor tumanida: “Ğofur Ğulom” nomidagi madaniyat va istirohat boğida va “Akva” boğida taşkil etiladi.
Şayxontohur tumanida: “Lokomotiv” madaniyat va istirohat boğida hamda “Navröz” madaniyat va istirohat boğida, “Ibn Sino” madaniyat va istirohat boğida keng nişonlanadi.
Yunusobod tumanida: Toşkent hayvonot boği oldidagi maydonda taşkil etiladi.
















