Yevroittifoq Germaniya sobiq kansleri Gerxard Şryoderga nisbatan sanksiyalar joriy etişi kerak, sababi u Rossiya iştirok etayotgan loyihalarni qöllab-quvvatlamoqda. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin Germaniyaning Bild naşri bilan suhbatda aytib ötdi.
«Gerxard Şryoder – Putinni butun dunyo miqyosida ilgari surayotgan eng muhim şaxslardan biri. Şuning uçun Yevroittifoq bu vaziyatda qanday harakat qilişi mumkin ekanini tekşirib köriş darkor», - deya aniqlik kiritdi u.
Klimkinning sözlariga köra, sanksiyalar nafaqat Rossiya hukumati a'zolari va davlat kompaniyalariga aloqador bölişi kerak, balki «Moskva manfaatini xorijda ilgari surayotganlarga» ham tegişli bölişi lozim.

















