Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«It bolasi». Mahmud Abbosning Isroildagi elchi haqidagi so‘zlari AQShni g‘azablantirdi
AQShning xalqaro muzokaralar bo‘yicha maxsus vakili Jyeyson Grinblattning bildirishicha, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Qo‘shma Shtatlarning Isroildagi elchisini «asossiz haqorat qildi». Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Avvalroq Abbos elchini Iordan g‘arbiy sohilidagi yahudiylar turar-joylarini qo‘llab-quvvatlagani uchun «it bolasi» deb atagandi.
«Uning Tramp ma'muriyati a'zolariga nisbatan umuman qabul qilib bo‘lmas haqoratlariga qaramay, so‘nggi so‘zlari mening yaxshi do‘stim va hamkasbim elchi Fridmanga qarata aytilgan chidab bo‘lmas haqoratdir. Biroq, biz Falastin xalqi va tinch hayot kechirish uchun kerak bo‘lgan o‘zgarishlar tarafdori bo‘lib qolamiz», - deya aytib o‘tdi Grinblatt.
AQSh va Falastin o‘rtasidagi mojaro Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishini e'lon qilganidan so‘ng yanada keskinlashdi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026