Internetda Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko tasvirlangan videoyozuv paydo böldi. Unda Savçenko şunday deydi: «Gumbur! Nima qörqyapsizlarmi? Ular bizdan qörqadi». 

«Ukrainskaya pravda» naşrining yozişiça, Savçenko videoyozuvda Oliy rada sessiya zali fonida turibdi, uning sözlaridan keyin esa «Nadejda Savçenko. Ukraina prezidentligiga nomzod» yozuvi paydo böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko payşanba kungi yiğilişda xalq deputati Nadejda Savçenko iştirokidagi «şokka tuşiruvçi videoni» e'lon qilişga va'da bergandi.