Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko payşanba kungi yiğilişda xalq deputati Nadejda Savçenko iştirokidagi «şokka tuşiruvçi videoni» e'lon qilişga va'da berdi. Bu haqda «Pyotr Poroşenko bloki» fraksiyasi saytida xabar qilinadi.

Rada payşanba kuni Ukraina boş prokuraturasining Savçenkoni jinoiy javobgarlikka tortiş, qölga oliş hamda hibs qiliş böyiça taqdimnomasini körib çiqadi.

«Pyotr Poroşenko bloki» fraksiyasi barça uç pozitsiya uçun ovoz beradi – deputatlik daxlsizligini bekor qiliş, qölga oliş va hibs qiliş. Yiğilişda sizlarning e'tiboringizga taqdim etiladigan video, butun jamiyatni şokka tuşiradi», - deya ma'lum qildi Lutsenko.

Eslatib ötamiz, avvalroq Savçenko teraktga tayyorgarlik körişda gumonlanib hibsga olinişi mumkin ekani xabar berilgandi.