Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida kamida to‘rtta yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida imzolangan xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida kamida to‘rtta avtobus yo‘nalishi ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi” nashri.
“Biz joriy yilda Termiz - Dushanbe, Toshkent - Xo‘jand, Farg‘ona - Xo‘jand, Samarqand – Panjikent shaharlari o‘rtasida va ikki mamlakatni bog‘laydigan boshqa qator yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapmiz”, - dedi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari o‘rinbosari Shoolim Shovahobov.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni Tojikiston parlamenti tomonidan ikki davlat fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilingandi.
O‘zbekiston prezidenti tomonidan bu boradagi tegishli qaror 14 mart kuni imzolandi. Unga ko‘ra 16 martdan boshlab ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o‘zaro safar qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026