Sayohat uçun yönalişlar soni tobora oşib bormoqda. Bir mamlakat özining diqqatga sazovor maskanlari bilan maşhur bölsa, boşqasi özining taomlari va urf-odatlari bilan tanilgan. Stuff.co.nz saytida dunyoning eng sayohatbop 10 şahri haqida ma'lumot berildi. Şunisi quvonçliki, ularning orasida azim Samarqand şahri ham bor.
Lissabon (Portugaliya)
Lissabonda bugungi kunda hukmron ijobiy muhitni sezmaslik mumkin emas, zero eski moliyaviy inqirozlar va işsizlikning yuqori körsatkiçlari ötmişda qoldi.

Bunday qaraşning bir qismi turizm bilan boğliq, çunki sayyohlar Lissabonning döstona muhiti va unça qimmat bölmagan diqqatga sazovor maskanlariga maftun bölişadi. Alfamning an'anaviy kafelli binolari, Bayrro-Alto yölakçalari, Balemning keng bulvari va Çiadodagi dökonlar har qanday sayyoh e'tiboridan çetda qolmaydi.
Seul (Janubiy Koreya)
Seulning faqat birgina kamçiligi bor: u ham bölsa, KXDR yetakçisi Kim Çen Inga yaqinligi. Qolgan masalalarda Janubiy Koreya poytaxti - kosmopolit şahar.

Seulda sayyohlarga yoqişi mumkin bölgan narsalar talaygina. Tarixsevarlar uçun ibodatxonalar va muqaddas dargohlar mavjud. Xaridorlar uçun savdo markazlari va butiklar işlab turibdi. Oqşomni mazmunli ötkaziş uçun restoranlar ham köp. Bu yerlarda koreys milliy taomlari bilan bir qatorda qovurma jöjalarni tatib körasiz.
Gyoteborg (Şvetsiya)
Bugungi kunda Skandinaviya (Yevropa şimolidagi tarixiy-madaniy mintaqa)ga sayohat qiliş borasida heç qanday muammolar yöq.




















