Rossiyaning Leningrad oblastida özbekistonlik migrant suv tagidan ikki avtomatni çiqarib oldi. Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda.
Erkak kutilmagan voqeadan hayratga tuşdi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga qönğiroq qildi.
Voqea Vaskelovo posyolkasidagi köprik tagida 19 mart kuni röy berdi. Politsiyaga 43 yoşli mahalliy fuqaro murojaat qilgan. U baliq ovlayotgan paytida oğir buyumni topib olganini aytgan. Özbekiston fuqarosi uni muz ustiga çiqarib olişga qaror qildi. Natijada yaşil rangdagi qop suv yuzasiga çiqarilgan. Qopning içida esa yana bitta qora rangdagi polietilen paketi, uning içida esa ikkita “Kalaşnikov” avtomati bölgan.
Qonun himoyaçilarining aniqlaşiça, qurol 90-yillardan beri qidiruvda bölgan. Avtomatlardan biri Tojikistonda 1992 yilda öğirlangan. Ikkinçisi – Rossiya Mudofaa vazirligidan 1996 yilda ömarilgan. Har ikki “kalaş” patronlarsiz bölgan.

















