Jamiyat | 08:33 / 21.03.2018
9367
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdagi choyxonada erkak o‘z jiyanini pichoqladi

Foto: KUN.UZ

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 19 mart kuni soat 15.10larda Yerjar MFY Nabiyev ko‘chasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.J. mast holda “Xushvaqt ota” choyxonasida o‘zaro janjal oqibatida 1976 yilda tug‘ilgan jiyani O.A.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.  

Natijada O.A. kasalxonaga yotqizilgan. A.J. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid