Britaniya kengaşi (British Council) Rossiyadagi işini töxtatgani hamda barça rejalaştirilgan tadbirlar bekor qilingani haqida ma'lum qildi.
Bu haqda taşkilot saytidagi xabarda aytiladi.
«Britaniya kengaşiga Rossiyadagi faoliyatini töxtatiş belgilandi, bu Rossiya TIV bayonotiga asosan röy berdi. Biz şu munosabat bilan barça rejalaştirilgan tadbirlar hamda dasturlarni bekor qildik. Bundan çuqur afsusdamiz va sizga tuşunganingiz uçun minnatdorlik bildiramiz», - deyiladi xabarda.
Britaniya kengaşi – bu xalqaro taşkilot bölib, Buyuk Britaniyani madaniyat va ta'lim sohasida taqdim etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq British Council’ning Rossiyadagi faoliyati töxtatilayotgani xabar berilgandi.













