Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Qarshi poyezdi yo‘nalishi endi Termizgacha cho‘zildi
Yo‘lovchilarga, sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 20 martdan boshlab, hozirgacha “Toshkent–Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 4/3 sonli elektropoyezdi “Toshkent-Termiz-Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur elektropoyezd haftada 6 kun, ya'ni seshanba kunidan boshqa barcha kunlarda harakatini amalga oshiradi.
Toshkentdan soat 08.50da jo‘naydigan 4-sonli elektropoyezd, soat 20.16da Termiz vokzaliga, Termizdan soat 06.50da jo‘naydigan 3-sonli elektropoyezd esa soat 18.44da Toshkent vokzaliga kirib keladi.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
22:10 / 11.07.2026