00:55 / 24.03.2018
20902

Olimlar saraton kasalligidan himoyalanishning asosiy usullarini aytishdi

Foto: RIA Novosti / Varvara Gerte

Buyuk Britaniyadagi saraton kasalligini tadqiq etish markazi olimlari onkologik kasalliklarning paydo bo‘lishining bosh sabablarini aniqlashdi va kasallanganlar sonini kamaytirish usullari haqida gapirib berishdi, deb yozadi RIA Novosti.

Eurekalert saytida e'lon qilingan relizga ko‘ra, birgina Britaniyaning o‘zida yiliga 135,5 ming holatda saraton kasalligining oldi olinishi mumkin ekan — bu umumiy kasallar sonining uchdan bir qismiga teng demakdir.

Saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan omillardan biri tamaki tutunidir. Erkaklarda saraton bilan og‘rishning 17,7 foizi, ayollarda esa 12,4 foiziga aynan shu omil sabab bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda ortiqcha vazn, uchinchi o‘rinda esa quyoshda toblanishda ultrabinafsha nurlanishning haddan ziyod ta'siri turadi.

Onkologik kasalliklar paydo bo‘lishining boshqa sabablari orasida alkogolli mahsulotlarni suiiste'mol qilish, havoning ifloslanishi va biriktiruvchi to‘qimalarga boy mahsulotlarni iste'mol qilish turadi.

Olimlarning qayd etishlaricha, agar sog‘lom turmush tarziga amal qilinsa, bu holatlarning barchasidan yiroq yurish mumkin.

«Sog‘lom turmush tarzi siz saratonga chalinmasligingizni kafolatlamaydi, lekin imkoniyat sizning foydangiz tomon ortishi shubhasiz. Bu raqamlarning barchasi kasallikka chalinish tahdidini kamaytirish uchun har birimiz chora qo‘llashimiz mumkinligini ko‘rsatadi», — deydi markaz rahbari Harpal Kumar.

Top