Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi
Foto: Uza
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tarkibiy tuzilmasida bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash, moliyaviy ochiqlikni va aholi hamda tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish asosiy vazifalari bo‘lgan Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:
bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga;
bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta'minlashga;
bank xizmatlari iste'molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga;
moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari iste'molchilarining savodxonligini oshirishga alohida e'tibor qaratadi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025