2018 yil 23 mart kuni Özbekiston Musulmonlari idorasida şu yil 9 fevral kuni Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda Prezident devoni, Din işlari böyiça qömita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasining rahbar xodimlari, yozuvçi-olimlar, professor-öqituvçilar, ulamolar, imom-xatiblar, talaba-yoşlar hamda OAV vakillari qatnaşdi. 

Foto: Kun.uz

Tadbir Qur'oni Karim tilovatidan söng, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bağişlangan filmning namoyişi bilan boşlandi. Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov tadbirda sözga çiqib, Şayx hazratlari Islom dini rivoji yölida bor kuç-quvvatlarini sarflagani, 1990 yilda Markaziy Osiyo respublikalaridan beş yuz kişini Toşkent şahri orqali haj ziyoratiga olib borgani, şu kungaça Şayx hazratning 120 dan ziyod nomdagi diniy-ma'rifiy kitoblari naşr etilgani hamda u kişi asos solgan “Hilol naşr” naşriyoti va uning tizimidagi kitob dökonlari Özbekistondagi mömin-musulmonlarning diniy ta'lim olişdagi eng zarur ehtiyojlarini ta'minlab kelayotganini bildirdi.

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 9 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Toşkent şahri Çilonzor tumaniga taşriflari asnosida uşbu hududda barpo etilayotgan masjidga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomini beriş taşabbusi nafaqat özbekistonliklar, balki xorijiy davlatlardagi musulmonlarni ham xursand qilgani ta'kidlandi. Mazkur masjid  bunyod qilinib, uning yonida Hazratning muzeyi taşkil etiladi. Masjid yonida anjumanlar zali barpo etiladi. Majmuaning foydalanişga topşirilişi munosabati bilan ulamolar, olimlar va din arboblarini jamlab, xalqaro anjuman ötkaziş rejalaştirilgan. 

Foto: Kun.uz

“Alloh Taolo öz Kalomida "Har bir qiyinçilik bilan birga yengillik bordir”, deb marhamat qilganidek, oğir maşaqqatli kunlar ortidan, albatta oydin va yoruğ kunlar böy körsatadi. Yaratganga şukrki, Şayx hazratlarining faoliyatlari va ijodlariga yuksak e'tibor beriladigan kunlar ham keldi. Bugun biz yodga olib turgan ustozimiz yuksak odob-axloq, gözal xulq sohiblari edi”, - dedi Muftiy hazratlari.