Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Chili 90-daqiqada gol urib, g‘alaba qozondi va boshqa natijalar
24 mart kuni terma jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazildi.
Shvetsiya terma jamoasi Chiliga qarshi maydonga tushdi. "Frends Arena" stadionida kechgan o‘yin 1:2 hisobida Chili foydasiga hal bo‘ldi.
22-daqiqada Vidal hisobni ochgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib Toyvonen hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida Bolados aniq zarba yo‘llab, chililiklarga g‘alaba keltirdi.
Shvetsiya – Chili 1:2
Gollar: 0:1 – 22 Vidal, 1:1 – 23 Toyvonen, 1:2 – 90 Bolados.
Shvetsiya – Nordfeldt, Grankvist, Lindelef, Lyustig (Larsson, 81), Olsson, Klasson, Larsson (Xilemark, 79), Svensson, Forsberg (Sema, 79), Berg, Toyvonen.
Chili – Errera, Bosejur, Maripan, Roko, Sagal (Bolados, 71), Ernandes (Valdes, 61), Vargas (Kastilo, 61), Vidal, Sanches, Arangis, Isla (Dias, 79).
Ogohlantirishlar: Lyustig (45), Isla (45), Vidal (90).
Qolgan uchrashuvlarda qo‘yidagi natijalar qayd etildi:
Isroil – Ruminiya 1:2
Gollar: T. Xemed 60 – N. Stanchu 64, G. Tuchudyan 82
Kosovo – Madagaskar 1:0
Gol: E. Jyegrova 47
Togo – Kot-d'Ivuar 2:2
Gollar: Ayite 42, 55 – Pepe 16, 24,
Mavzuga oid
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
20:14 / 19.09.2025
Chililik ayol o‘g‘irlangan qizlarini 45 yildan keyin topdi
21:36 / 23.06.2025