Özbekiston hududiga 26—27 mart kunlari Volgaböyidan Kaspiy dengizi orqali nam va sovuq havo oqimi kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda «Özgidromet» ma'lumotlariga tayanib, FVV xabar berdi.

26 mart kuni respublika hududida yomğir yoğib, momoqaldiroq bölişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.

27-mart kuni Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlari hududlarida yomğir yoğib, momoqaldiroq bölişi mumkin. Respublikaning boşqa hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi.

Şu kuni Özbekiston böylab havo haroratining pasayişi kutilib, keçasi havo harorati 5-10 daraja iliq, şimolda 2-7 daraja iliq, joylarda 0-2 daraja sovuq, kunduzi 15-20 daraja iliq böladi.

Foto: «Özgidromet»