Çirçiq garnizoni ofitserlar uyida Toşkent harbiy okrugi qömondonligining öquv yili yakuniga bağişlangan yiğilişda okrug qöşinlari qömondoni general-mayor Bahodir Qurbonov Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomidan harbiy qism komandirlariga «Neksiya» rusumli xizmat avtomobillarini tantanali tarzda topşirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Özbekiston prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yönalişlar böyiça amalga oşirilayotgan işlar, harbiy xizmatçilarning ma'naviy-ruhiy holati, jangovar tayyorgarligini yanada oşiriş borasidagi çora-tadbirlar va uning natijalari muhokama qilindi.
Öquv yili yakuniga köra, bir guruh ilğor harbiy xizmatçilar faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

















