Markaziy harbiy okrug qömondonligi taşabbusi bilan Jizzax hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy qismlarda harbiy xizmatçilar va ularning oila a’zolari uçun Qurbon hayiti munosabati bilan arzonlaştirilgan oziq-ovqat yarmarkasi taşkil etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilişiça, yarmarkada harbiy xizmatçilar uçun harbiy qism va muassasalarda mavjud bölgan yordamçi xöjaliklar, mahalliy fermer va dehqonlar hamda tadbirkorlar tomonidan sifatli, bozor narxidan arzonroq oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya qilingan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Uşbu yarmarka harbiy qismlarning özida taşkil qilinişi, mahsulotlarning arzon va sifatliligi, qolaversa, xizmat joyidan turib xarid qiliş imkoniyati mavjudligi harbiy xizmatçilar va ularning oila a’zolarini xursand qildi”, deyiladi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.