AQŞ kongressi Isroilga raketalarga qarşi mudofaa tizimlari uçun 705 mln dollar ajratiş haqidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda The Jerusalem Post Isroil mudofaa vaziri Avigdor Libermanga tayangan holda xabar bermoqda.

«Men AQŞ kongressi raketalarga qarşi mudofaa uçun rekord miqdorda – 2018 yilda 705 mln dollar ajratiş haqidagi qarorni tasdiqlaganini e'lon qilişdan xursandman», - deya ma'lum qildi Liberman.

Ta'kidlanişiça, pullar Iron Dome, David's Sling va Arrow-3 tizimlariga sarflanadi.