Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemerovodagi yong‘in boshlangan daqiqa videolari paydo bo‘ldi
Internetda 25 mart kuni Rossiyaning Kemerovo shahridagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazida ro‘y bergan yong‘inning ilk daqiqalariga oid video paydo bo‘ldi.
Kuzatuv kamerasi orqali olingan tasvirda yo‘lakka zallardan birining ichidan quyuq tutun va olov yopirilib kelishini ko‘rish mumkin. Tasvir olov juda tez tarqalganini isbotlaydi.
Savdo markazidagi yong‘in Moskva vaqti bilan 25 mart kuni 14:00da boshlangan. Ushbu hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni ayni vaqtga kelib 64 nafarni tashkil qilmoqda, ularning aksari bolalardir. Shuningdek, o‘nlab kishilar hamon bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Qutqaruvchilar bino ichidagi xarobalar orasidan hozircha 58 jasadni olib chiqishdi, ularning 17 nafarining shaxsi aniqlangan.
Hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining ehtiyotsizlik natijasida o‘limga sababchi bo‘lish, ikki yoki undan ortiq shaxslarning o‘limini keltirib chiqargan yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan kamida 10 kishi qo‘lga olingan: amaldorlar va tadbirkorlar.
Mavzuga oid
19:19 / 23.05.2026
Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
17:57 / 17.05.2026
Jizzaxdagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
15:24 / 17.05.2026
Piskentda yuk mashina tirkamasi yonib ketdi
13:45 / 17.04.2026