Pillaçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qaror bilan Qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi Ipakçilik ilmiy-tadqiqot instituti “Özbekipaksanoat” uyuşmasi muassisligida muassasa şaklida qayta taşkil etilib, uning moliyalaştiriş manbalari belgilab berildi.
“Özpaxtasanoat” AJ tarkibidagi taşkilotlarga qaraşli ipak qurti boqişga möljallangan inşootlar “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibidagi taşkilotlarga tekin foydalaniş huquqi asosida öttiz yildan kam bölmagan muddatga foydalaniş uçun berildi.
Tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqişga möljallangan inşootlar yer soliği, mulk soliği, yagona yer soliği hamda qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiliklarining örnini qoplaş böyiça tölovlardan;
“Özpaxtasanoat” AJ tomonidan tekin foydalaniş huquqi asosida “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibidagi taşkilotlarga foydalaniş uçun berilgan ipak qurti boqişga möljallangan inşootlar yer, mulk va ijaraçining ijara haqi hisoblanadigan foyda soliğidan ozod etildi.
Qaror bilan şuningdek yangi tut plantatsiyalarini barpo etiş parametrlari tasdiqlandi.
Xususan, hozirda mavjud 43 332 gektar tut plantatsiyasiga qöşimça ravişda joriy yil davomida yana 6 430 gektar maydonda yangi tut plantatsiyalari barpo etiladi va 306 ta ipak qurti boqişga möljallangan inşootlar quriladi.

















