Toşkent şahridagi yangidan taşkil etilgan va amaldagi tumanlararo röyxatdan ötiş va imtihon oliş bölimlarida bepul internet tarmoğiga ulandi. IIV rahbari örinbosari, Toşkent şahar IIBB boşliği Rustam Jörayev Yakkasaroy tumani IIBda bölib ötgan oçiq muloqotda ma'lum qildi. 

Toşkent şahar IIBB boşliği Rustam Jörayev

Röyxatdan ötkaziş, haydovçilik guvohnomalarini oliş, almaştiriş kabi jarayonlarda qöşimça qulayliklarni barpo etiş maqsadida şunday çora körilgan. Bundan taşqari, barça bölimlarda fuqarolarga tezkor xizmat körsatiş maqsadida qöşimça darçalar örnatilgan.

Eslatib ötamiz, ayni vaqtda Toşkent şahrida 5ta tumanlararo röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölimlari mavjud. ŞIIBB YHXB boş imtihon oliş markazi hamda barça bölimlar duşanba kunlari ham faoliyat körsatişi yölga qöyildi.