Qozog‘iston Respublikasi joriy yil kuz faslida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va abadiy tinchlikka erishish uchun mamlakatda ayol-qizlar huquqini himoya qilishga bag‘ishlangan xalqaro anjumanga mezbonlik qilishini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlari vaziri Qayrat Abdraxmonov so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.
«Qozog‘iston hukumati Afg‘onistondagi vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgarishi ko‘p tomondan ayol-qizlar huquqini himoya qilishga bog‘liq ekanini chuqur anglagan holda, joriy yil kuz faslida ushbu masalaga bag‘ishlangan xalqaro anjumanga mezbonlik qilishini bildirmoqchiman», deydi Abdraxmonov.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Mubashar Javod Akbar ham afg‘on masalasida ayol-qizlar huquqini himoya qilish masalasiga alohida e'tibor qilish zarurligini bildirgandi.











