Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xalq assambleyasining XXVI sessiyasini chaqirmoqda.
Qozog‘iston prezidenti farmoyishiga ko‘ra, sessiya Ostondagi Tinchlik va totuvlik saroyida 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Kun tartibi - «Beshta ijtimoiy tashabbus – jamiyatning ijtimoiy birdamligi asosi».
Respublika hukumatiga Qozog‘iston Xalq assambleyasi sessiyasini o‘tkazishni tashkillashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish vazifasi topshirildi.

















