Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoga yetib keldi. Bu yerdagi “Qişki olça” savdo markazida yuz bergan yirik yonğin oqibatida 64 kişi halok böldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Rossiya yetakçisi yonğin yuz bergan joydagi maxsus memorialga gul qöygan. Şuningdek, Putin prezidentning Sibir federal okrugi böyiça vakolatli vakili Sergey Menyaylo bilan yonib ketgan savdo markazi old tomonini közdan keçirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston prezidenti Kemerovo şahrida röy bergan yonğin oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga maktub yöllab, Rossiya xalqi, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgani xabar berilgandi.