Bugun, 26 mart kuni Ğarb davlatlari bir vaqtning özida rossiyalik diplomatlarni öz hududlaridan çiqarib yuborişini ma'lum qila boşladi.
Bunday qaror Rossiya Razvedka boşqarmasining Buyuk Britaniya foydasiga işlagan sobiq josusi Sergey Skripal 4 mart kuni Angliya janubidagi Solsberi şahrida zaharlanişi ortidan yuzaga kelgan diplomatik mojaro ortidan qabul qilinmoqda.
Buyuk Britaniya Skripal zaharlanişi ortida Rossiya turganini iddao qildi, rasmiy Moskva bu ayblovga munosabat bildirmadi, şu tufayli Buyuk Britaniya Rossiyani uşbu suiqasdda ayblab, Rossiya öz hududida xavfli qurol qöllagani uçun, 23 nafar rossiyalik diplomat çiqarib yuborilişini e'lon qildi.
Bugun, Buyuk Britaniyaga birdamlik sifatida AQŞ, Ukraina va Yevropa Ittifoqining 14 davlati rossiyalik diplomatlarni öz hududidan çiqarib yuborişini ma'lum qildi (bu davlatlar qatorida Germaniya, Fransiya, Daniya, Niderlandiya, Polşa, Çexiya, Estoniya, Latviya, Litva, Şvetsiya nomlari sanaldi).
Ayni vaqtga kelib bu röyxatdagi barça davlatlarning nomi ma'lum: röyxat Ruminiya, Finlyandiya, Xorvatiya va Italiya bilan töldi.
Avvaliga Ruminiya Rossiya elçisini vataniga qaytarişini ma'lum qildi. «Buyuk Britaniyaga birdamlik bildirib, Vena konvensiyasiga amal qilgan holda Rossiya Federatsiyasining Buxarestdagi elçixonasini ularning diplomatlaridan biri Ruminiyada non-grata şaxs sifatida e'lon qilingani va u mamlakatni tark etişi lozimligi haqida xabardor qilamiz», — deyilgan Ruminiya TIV xabarida.
Köp ötmasdan, Rossiyaning şimoldagi qöşnisi Finlyandiya ham rossiyalik bir diplomatga javob berişini ma'lum qildi.
«Respublika prezidenti va vazirlar mahkamasi aniqlab oldiki, Finlyandiya Rossiyaning Xelsinkidagi elçixonasida işlayotgan bir amaldorini diplomatik maqomdan mahrum etadi. Taşqi işlar vazirligi bu haqda rossiyaliklar elçisini xabardor qilmoqda. Bu qaror Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlari harakatlariga hamohang qabul qilindi», — deyilgan hukumat bayonotida.
AQŞ va Buyuk Britaniyaning yaqin ittifoqçisi Kanada ham rossiyalik diplomatlarga javob berdi.
«Biz Rossiya Federatsiyasining Ottavadagi elçixonasi va Monrealdagi boş konsulxonadan 4 nafar rossiyalik diplomatni çiqarib yuboramiz. Bu 4 kişi razvedka xizmati xodimlari bölişi mumkin, ular Kanadadagi diplomatik maqomidan foydalanib, mamlakatimiz xavfsizligiga va bizning demokratiyamizga tahdid solişi mumkin», — deyilgan Kanada TIV xabarida.













