Buyuk Britaniya va Rossiya munosabatlari keyingi ön yilliklardagi eng quyi nuqta tomon tuşib bormoqda. «Sergey Skripal işi» tufayli rasmiy London 14 mart kuni 23 nafar rossiyalik diplomat mamlakatdan çiqarib yuborilişi va Rossiya bilan barça ikki tomonlama aloqalar muzlatilişini ma'lum qildi. Moskva tomoni bu yurişni Rossiyaga qarşi asossiz harakatlar deb atadi va qarşi javob bölişi ma'lum qilindi. Rossiya Buyuk Britaniyaga aynan qanday çoralar körişi hozirça aytilmadi.
4 mart kuni Angliyaning janubidagi Solsberi şaharçasida Rossiya Razvedka Boş boşqarmasi sobiq polkovnigi, Rossiyada 2006 yili Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilib, xiyonatda ayblangan va 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, 2010 yilda mahbuslar almaşinuvi doirasida Buyuk Britaniyaga topşirilgan Sergey Skripal hayotiga suiqasd qilindi. U bilan birga yonidagi qizi Yuliya ham zaharlandi. Ularni koma holatida topişdi. Ayni vaqtgaça ular behuş qolmoqda.
Britaniya hukumati Skripallar SSSRda, rossiyaliklar tomonidan işlab çiqarilgan asab tizimini falajlovçi «Noviçok» moddasi bilan zaharlanganini aytmoqda. 12 mart kuni Buyuk Britaniya Rossiyadan bu borada izoh söradi va bu modda Buyuk Britaniya yerida paydo bölib qolganiga tuşuntiriş beriş uçun bir kun muhlat berdi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati esa bu jinoyatga aloqadorligini inkor etdi va ultimatumni javobsiz qoldirib, iş böyiça rasmiy axborot taqdim etişni talab qildi.
«Bizda Rossiya xalqi bilan ziddiyat yöq»

Matt Crossick / EMPICS / Scanpix / LETA
Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey 14 mart kuni 23 nafar rossiyalik diplomat çiqarib yuborilişi va şu yili Rossiyada ötkaziladigan futbol böyiça jahon çempionati oçiliş marosimida Buyuk Britaniyaning rasmiy delegatsiyasi (oliy darajadagi amaldorlar va qirol xonadoni a'zolaridan iborat) iştirok etmasligini, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Londonga kutilayotgan taşrifi bekor qilinişi e'lon qildi. Quyida uning nutqi töliq holda keltiriladi
«Janob spiker, Rossiyaga izoh beriş uçun muddat berdik. Ammo ular bunga javoban namoyişkoronalik bilan bu voqealarning jiddiyligini inkor etişdi. Ular aql bilan iş tutib, risoladagidek izoh berişmadi, bu modda yöq qilinganini isbotlaşmadi. Ular bu modda qanday qilib Buyuk Britaniya hududiga kelib qolganiga tuşuntiriş berişmadi, ular nima uçun Rossiya xalqaro qonunçilikka zid ravişda kimyoviy qurol işlab çiqiş böyiça deklaratsiya qilinmagan dasturga egalik qilişayotganini izohlaşmadi.


















