Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand avtomobil zavodi o‘z faoliyatining 19 yilligini nishonladi
16 mart kuni Samarqand avtomobil zavodi o‘z faoliyatini boshlaganining 19 yilligini nishonladi. 1999 yilda ochilgan “SamAvto” zavodi ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega, O‘zbekistondagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish majmuasida Germaniya, Italiya va Yaponiyadan keltirilgan stanoklar o‘rnatilgan.
Zavod konstruktorlari nafaqat yuk avtomobillarini, balki yangi avtobus modellarini ham loyihalashadi. Jumladan, ular tomonidan past polli, shahar ichida yurishga mo‘ljallangan LE60 hamda shahar chekkasi va xalqaro tashuvlarga mo‘ljallangan HD50 avtobusi yaratilgan. Ayni vaqtda zavod chiqarayotgan barcha mahsulot BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi talablariga mos keladi, yuqoridagi avtobuslar esa Bojxona ittifoqi transport vositalari turi sifatida ma'qullangan.
“Yaqin kelajakda tejamkor va ekologik toza yoqilg‘i – gazda ishlovchi avtobuslarni ommaviy ishlab chiqarmoqchimiz hamda yuk avtomobillari model qatorini yangilamoqchimiz. Bu Bojxona ittifoqi davlatlariga nafaqat avtobuslar, balki yuk texnikasini eksport qilishga imkon beradi”, deb aytdi korxona bosh direktori O‘lmas Yo‘ldoshev.
Korxona xodimlari Samarqanddagi o‘z o‘quv markazi va xorijda malakalarini muntazam oshirib boradilar. Avtomobillarni sotish, xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash, ehtiyot qismlarni yetkazish uchun Toshkent va viloyatlarda kompaniyaning 21 ta dilerlik markazidan iborat dilerlik tarmog‘i yo‘lga qo‘yilgan.
Bozorning yuqori talablari va xaridorlar kutayotgan jihatlar ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotlarini yaxshilash bo‘yicha uzluksiz ish olib borishga majbur qiladi. “SamAvto” ham bozorning bu talablarini hisobga olib, olg‘a borishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026