Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lini Hirotgacha davom ettirmoqchi
O‘zbekiston to Hirot shahriga qadar cho‘zilgan temir yo‘l loyihasini davom ettirishni taklif qilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri 27 mart kuni tashkillashtirilgan Toshkent shahridagi anjumandan xabar berdi.
«Biz 2002 yildan buyon Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib bermoqdamiz. Surxon-Puli-Xumri yangi elektr tarmog‘ining ishga tushirilishi bilan O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin ortadi.
Biz birgalikda yana bir strategik loyihani amalga oshirish taklifini ilgari surmoqdamiz. Bu o‘zbek mutaxassislari tomonidan qurilgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lini Hirotgacha davom ettirish loyihasidir.
Bu loyiha Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash uchun aniq va amaliy hissa bo‘lib qo‘shiladi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va mamlakatning tranzit salohiyatini oshiradi», deb fikr bildirgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbarining aytishicha, transafg‘on transport-kommunikatsiya loyihalari bo‘yicha ishlarning shu kabi katta ahamiyatga ega bo‘lgan «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» va «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» kabi boshqa mintaqaviy loyihalar bilan uzviy bog‘liq holda boshlangani Shimoldan Janubgacha hamda Sharqdan G‘arbgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda qit'alararo transport koridorlarini eng qisqa yo‘llar bilan rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026