Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasi raisi Serikboy hoji Öroz Özbekistonga uyuştirgan rasmiy taşrifi doirasida ikki mamlakatda diniy bayramlarga oid umumiy fatvo çiqarilganligi haqidagi hujjatga imzo qöygan, deb xabar bermoqda «Kazinform» boşqarmadan olingan xabarga asoslanib.

Rasmiy taşrif davomida boş muftiy Serikboy hoji Sotiboldiöğli va Özbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi Usmonxon hoji Alimovning ikki tomonlama uçraşuvi bölib ötgan. Unda, jumladan, diniy bayramlar sanasini bir xillaştiriş masalasi ham muhokama qilingan.

Foto: Kazinform

Ikki tomonlama uçraşuv yakunlariga oid memorandum imzolangan.

 

Foto: Kazinform

 

Foto: Kazinform

«Tomonlar diniy bayramlar (ramazon va qurbon hayitlari va boşq.)ni hijriy-qamariy yil, ya'ni musulmonlarning Oy taqimi böyiça nişonlaşga, şuningdek zamonaviy diniy masalalar böyiça umumiy qarorlar va fatvolar qabul qilişga majbur ekanliklarini qayd etişdi», — deyiladi özaro hamkorlik va şeriklik haqidagi memorandum matnida.

 

Foto: Kazinform

«Bungaça diniy bayramlar sanalariga doir farqlanişlar kuzatilib turilar edi. Biz bundan keyin bunday nuqsonlarga yöl qöymaslik uçun özaro hamkorlik va şeriklik haqidagi memorandumni imzoladik. Imzolangan memorandum doirasida umumiy fatvolar çiqariladi va bugungi kunning dolzarb masalalari böyiça qarorlar birgalikda qabul qilinadi», — dedi boş muftiy Serikboy hodi Öroz Özbekiston ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.