08:08 / 28.03.2018
58571

Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoyga rafiqasi bilan tashrif buyurib, XXR raisi Si Tszinpinni qayta saylangani bilan shaxsan tabrikladi va Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.

Foto: Xinhua/Ju Peng
Foto: Xinhua/Ju Peng

Xabarga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchisi jahon va mintaqadagi hozirgi siyosiy vaziyat, shuningdek, KXDR hamda Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.

«Biz KXDRdan bo‘lgan do‘stlarimiz bilan hamkorlik qilishni xohlaymiz, bu kelajakka birga intilish uchun kerak – shu tariqa biz mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli va sog‘lom munosabatlarga ko‘mak ko‘rsatamiz hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati uchun ishlaymiz, shuningdek, mintaqadagi tinchlik, barqarorlik hamda rivojlanish asoslarini yo‘lga qo‘yamiz», - deya aytib o‘tdi Si Tszinpin.

Foto: Xinhua/Yao Dawei
Foto: Xinhua/Yao Dawei

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashishga tayyor ekanini yana bir marta tasdiqlagan.

Kim Chen In va uning rafiqasining Xitoyga tashrifi 25-28 mart kunlari amalga oshirilgan.

Mavzuga oid
Top