MAROKAŞ:
Mustaqilligi: 2 mart 1956 yil
Rasmiy tili: Arab
Poytaxti: Rabat
Boşqaruv tizimi: Konstitutsion monarxiya
Aholisi: 33.9 million (dunyoda 38-örin)
Valyuta: Marokaş dirhami
TeRMA JAMOA:
Foto: ÖFA matbuot xizmati
Laqabi: Atlas şerlari
Konfederatsiya: AFK
Boş murabbiy: Erve Renar
Jamoa sardori: Mehdi Benatiya
Eng köp öyin ötkazgan: Nuriddin Naybet (115)
Eng köp gol urgan: Ahmad Faras (42)
Libos rangi: qizil-yaşil-qizil
FIFA reytingidagi örni: 42 (15 mart holatiga)
Eng yirik ğalabasi: Saudiya Arabistoni - 13:1 (1961)
Eng yirik mağlubiyati: Vengriya - 0:6 (1964)
Afrika Millatlar kubogi: Çempion (1976)
Jahon çempionati: 1/8 final (1986)
Marokaş terma jamoasi köpçilikka asosan Fransiya mundialidagi Mustafo Hoji va uning şeriklarini yodga solsa-da, aslida ularning tarixi ança erta boşlangan. Marokaş Afrika terma jamoalari içida jahon çempionati final bosqiçida qatnaşgan ikkinçi jamoa, şuningdek, guruh bosqiçidan öta olgan ilk jamoa sifatida tarixda qolgan.
PeLe, MARADONA, ZIDAN...
Marokaşliklarning jahon çempionatlaridagi yorqin yillari aynan mana şu uç daho davriga ham töğri keladi. 1962 yildan boşlab saralaş öyinlarida qatnaşa boşlagan Marokaş uçinçi urinişda, ya'ni JÇ-1970 musobaqasiga yöllanmani qölga kiritadilar. «Atlas şerlari» guruhda GFR, Peru va Bolgariya bilan birga tuşadi va uç öyindan faqat bir durang qayd etib, uyga ravona böladilar. Ammo boşlanişiga bu ham yomon emasdi.
Oradan 16 yil ötib, Maradona porlagan Meksika maydonlarida Marokaş ham öziga yaraşa rekord qayd etdi. Angliya, Polşa, Portugaliya kabi Yevropaning kuçli jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan Marokaş Afrika terma jamoalari içida birinçi marta pley-offga çiqa oldi. Ertak yana davom etişi mumkin edi, ammo Lotar Mateusning öyin tugaşiga uç daqiqa qolganda urgan goli çorak finalga nemislarni olib çiqqandi.
Mavzuga oid
1994 va 1998 yillardagi mundiallarda marokaşliklar guruh bosqiçidan öta olmagan bölişsa-da, ayniqsa, Fransiya-98 dagi iştiroki köpçilikning yodida qolgan. Öşanda Marokaş juda yorqin öyin körsatgan va guruhdan çiqişga loyiq bölgandi ham. Esingizda bölsa, taqvimdagi noqulayliklar natijasida sönggi turlar Ispaniya va Marokaşning ayançli taqdiriga açingan edik.
Foto: Getty Images
Gap şundaki, sönggi turgaça barça masalani hal qilgan Braziliya terma jamoasi Norvegiyaga qarşi öyinda kuçsiz tarkibni tuşirgandi. Dastlabki ikki turda raqiblari bilan durang öynagan Norvegiya çempionlarni yengib, oçkolari sonini 5 taga yetkazgan va guruhda ikkinçi örinni egallagandi. Uyoqda Şotlandiya terma jamoasi darvozasiga javobsiz uçta gol yöllayotgan Yusuf Şippo va Mustafo Hoji jamoadoşlari esa, közda yoş bilan turnirni tark etgandilar. Keyinçalik, finalda 0:3 hisobida mağlubiyatga uçragan Braziliyani malomat qilib, aynan guruhdagi adolatsizlik tufayli jazo sodir bölganini aytganlar ham bölgandi.
Öşa oqşomdan yigirma yil ötdi va mana, Marokaş yana katta maydonlarga qaytmoqda.
YeVROPAGA SOÇILGAN MUXLISLAR
Foto: Getty Images
Marokaş yana, juda ehtirosli va «faol» muxlislari bilan maşhur. Terma jamoaning mundial yöllanmasini qölga kiritişi Misrning bayramidan kam bölmaganini ta'kidlagan holda, şuni qöşimça qiliş mumkinki, kelib çiqişi marokaşlik bölgan juda köp odamlar Yevropa böylab soçilib ketgan va ularning bayramlari butun Yevropani larzaga keltirgandi. Ayniqsa, hal qiluvçi öyinda Afrika futbolining sönggi ön yillikdagi bayroqdori Kot-d’Ivuar safarda mağlub etilgandi.
Noyabr oqşomida, sönggi tur oldidan Marokaş 9, Kot-d’Ivuar 8 oçko jamğargan, ammo hal qiluvçi öyin ikkinçi jamoa maydonida bölayotgandi. Marokaşni durang qoniqtirar, guruh öyinlarida uç öyinni 0:0 bilan yakunlagan jamoa uçun, yana bir bor şu hisob uçun öynaş eng katta sinov edi. Erve Renar şogirdlari bu vazifani ortiği bilan uddaladilar va 2:0 hisobida ustun keldilar.
Uyoğini tasavvur qilavering, öşa keça nafaqat Marokaş uxlamadi, balki Belgiya, Fransiya kabi mamlakatlarda minglab muxlislar köçalarni töldirdilar. Tabiiyki, bezoriliklar ham böldi, bir qator magazin oynalari va avtomaşinalar jabr kördi. Rossiyada Marokaş eng faol va agressiv muxlislariga ega bölgan terma jamoalardan biri bölişi şubhasiz.
ERVe ReNAR KIM ÖZI?
Foto: Getty Images
Mustafo Hoji va jamoadoşlari Fransiya maydonlarida javlon urayotgan bir paytda, fransiyalik himoyaçi, umrini qöyi liga jamoalari safida ötkazgan Erve Renar butsasini mixga endigina ilgan va murabbiylik konspektlariga ilk jumlalarni yozişni boşlayotgandi. Renar öşanda futbol tamaddunining keyingi qadamlarini his qiliş uçun mundialni diqqat bilan kuzatgan va balki Marokaş terma jamoasiga ham e'tibor qaratgandir, lekin oradan yigirma yil ötib, şu mamlakatga unutilmas ğalabani taqdim etadigan jamoa tuzişini yetti uxlab tuşida körmagani aniq...
Ikki yil özi öynagan «Draganiyan» jamoasida işlagan 30 yoşli murabbiyning keyingi faoliyati silliq keçmadi. Xitoydan tortib, Angliyaning qöyi ligasidagi «Kembrij»da, Gana terma jamoasi, «Soşo», «Şerbur» va hokazo - bir-biriga tamomila öxşamagan bu jamoalardan Renar özini axtargan bölsa ne ajab.
Lekin tan oliş kerak, Erve Renar aynan Afrika futbolida porladi, uning 20 yillik murabbiylik faoliyatidagi ikki sovrini Zambiya va Kot-d’Ivuar terma jamoalari bilan bölgan. 2012 va 2015 yillarda u bu terma jamoalarni Afrika çempioniga aylantirgandi. Şundan söng, Fransiyaga qaytib, «Lill» bilan urinib körgan Renar muvaffaqiyatsizlikka uçradi va 2016 yilda Afrikaga qaytib, endi Marokaşni boşqarişga rozilik berdi. Qiziği, Zambiya va Kot-d’Ivuarni boşqariş örtasida ham u Fransiyaga borib, «Soşo»da işlagan va u yerdan ham iste'foga çiqarilgandi. Taqdir ketma-ket murabbiyga uning örni aynan Afrika futbolida ekanini körsatayotgandek.
BUGUNGI MAROKAŞ
Foto: AFP
Marokaşning biz biladigan eng maşhur futbolçisi Mehdi Benatiya — himoyaçi. Şuningdek, yana bir top klub a'zosi bölgan Aşraf Hakimi — u ham himoyaçi. Şuning özi ham, bu jamoani yutiş oson emasligini körsatib turibdi. Erve Renar olti yil oldin Zambiyada ham şunga öxşaş jamoa tuzgandi. Himoyada bexato harakat qilgan zambiyaliklarning Kot-d’Ivuar bilan finalda durang öynaganliklari va juda uzoq davom etgan penalti seriyasi ham yodingizda bölsa kerak.
Saralaş öyinlarining hal qiluvçi bosqiçida Marokaşning töplar nisbati 11-0 edi. Ya'ni agar Marokaş gol ötkazmaslik uçun bel boğlasa, raqibga juda qiyin bölişi şubhasiz. Ammo jamoaga öynaş imkoni berilsa, raqibini butkul yançimasdan qöymasligini ta'kidlaş kerak. Öşa yuqorida tilga olingan sönggi tur oldidan Marokaşda uçta 0:0 hisobidagi duranglar bilan birga, 6:0 va 3:0 hisobidagi ğalabalar ham bor edi. Albatta, bu natijalar Afrika miqyosida körsatilgan, jahon çempionatida jamoa bir bosqiç oldinga qadam taşlay oladimi, yöqmi, köramiz.
Albatta, oldingi çiziqda ham e'tiborga arzirli nomlar bor — masalan, Yusuf Belhanda yaqin yaqingaça, Yevropaning közga köringan yoş futbolçilaridan biri sanalardi. Hakim Ziyoş, Muborak Busuffa, Karim Al Ahmadi kabi yarimhimoyaçilarni alohida taniştirişning hojati bölmasa kerak.
«Malaga», «Uotford», hozirda «Leganes» jamoalari orqali Nordin Amrabatni yaxşi bilamiz. Uning ukasi 21 yoşli Sofyan ham «Feyyenoord»da e'tiborga tuşdi va terma jamoaga jalb qilinmoqda. Umuman sönggi çaqirilgan tartibda 5 nafar Niderlandiya çempionati va Ispaniya La Ligasi vakili, 4 nafardan Fransiya va Turkiya ligasi qatnaşçilari bor. Şu raqamning özi ham Marokaşning katta musobaqalar uçun begona emasligidan dalolat qiladi.
E'TIBOR BeRIŞ KeRAK: BUTAYB - AL KAABI
Holid Butayb 30 yoşga yaqinlaşgunça faqat Fransiya qöyi divizionlarida öynab yurgan va terma jamoadan çetda qolgandi. 2016 yilda «Strasbur» klubiga ötgan Holid u yerda faoliyatidagi eng yaxşi mavsumini ötkazdi va jamoani Liga 1 ga çiqişda katta yordam berdi. Sal oldinroq terma jamoa safida ham ilk öyinini ötkazgan Butayb hal qiluvçi saralaş öyinlarida Marokaşning asosiy töpurariga aylandi. Sönggi ikki yilda tarkibda öynayotgan hujumçi 14 öyinda maydonga tuşib, 6 gol muallifiga aylandi.
Foto: Getty Images
Uning örnini bosişi yoki şerik bölişi mumkin bölgan hujumçi esa, yanvar oyida Marokaş mezbonlik qilgan «Afrika Millatlar Çempionati»da kaşf qilindi deyiş mumkin. Uşbu turnirning öziga xosligi şundaki, terma jamoalar legionerlarsiz harakat qiladilar. Bu öyinlarda jamoaga jalb qilingan 24 yoşli Ayyub Al Kaabi 6 öyinda 9 gol muallifiga aylandi va mezbonlarning çempionligiga munosib hissa qöşdi. Keça Özbekiston terma jamoasi darvozasiga kiritilgan tezkor gol esa, Ayyubning öninçi goli böldi. Kaabi milliy çempionatda ham juda sermahsul hujumçi sanaladi, u 64 öyinda 38 gol urişga ulgurgan.
Foto: FADEL SENNA/Getty Images
Xullas asosiy quroli himoya deb tariflanadigan Marokaş terma jamoasida gol ura oladigan nomzodlar yetarli.
JÇ-2018
Marokaş jahon çempionatida V guruhidan joy olgan. Aytiş mumkinki, raqiblar oson emas va Ispaniya, Portugaliya timsolida yaqqol favoritlarga ega. Marokaş va Eron bu ikki Yevropa grandiga qarşilik körsatişiga töğri keladi. Marokaş ilk öyinini Eronga qarşi 15 iyun kuni Saranskda, 2-turni esa, Moskvada, 20 iyunda Portugaliyaga qarşi ötkazadi. Sönggi öyin 25 iyun kuni Kaliningradda bölib ötadi.
Endi qarang, Marokaş agar Eronni yutib, Portugaliya bilan öşa özi yoqtirgan 0:0 ni öynab olsa, aynan taqvimdagi qulaylik ularga 20 yil oldingi qarzni qaytarişi mumkin. Ya'ni balki sönggi turda Ispaniya masalani hal qilgan holda kuçsizroq tarkibni tuşirar? Qiziği, öşa köp eslanayotgan JÇ-98 da aynan ispanlar qismatda marokaşliklargi şerik bölgandilar...