Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z bayrami arafasida Samarqandga qancha sayyoh kelgani ma'lum qilindi
Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» milliy dasturi yo‘lga qo‘yilishi dam olish kunlari fuqarolarning arzon va qulay narxlarda sayohat qilishi uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, mehmonxonalar va turizm sohasi bilan bog‘liq boshqa tadbirkorlik sub'yektlari turistik mavsum bo‘lmagan davrda daromadlarining oshishiga xizmat qilmoqda. Bu haqida Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga asoslanib, Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Shu o‘rinda viloyat hokimining maxsus taqsimoti ishlab chiqilib, unga ko‘ra, bayram kunlari arafasida jami 52 300 nafar ishchi va xizmatchilar, talabalar va mahalla ahlini «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi bo‘yicha sayohat qildirish, shundan 6 ming nafari bilan uyushgan tartibda Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Urganch va Toshkent shaharlariga sayohatni amalga oshirish belgilandi.
Navro‘z bayrami arafasida Samarqand shahriga tashrif buyurgan chet el fuqarolari o‘rtacha 5 ming nafarni, boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan ziyoratchilar 18 ming nafarni tashkil qildi.
Samarqand shahriga bayram sayli arafasida ko‘p sayyoh tashrif buyurishini inobatga olib, 87 ta mehmonxonada 3200 ta joy oldindan band qilindi, shahar markazidagi 40 dan ortiq oshxona, restoran va kafelar sayyohlar oqimi borasida xabardor qilindi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahridagi 79 ta mehmonxonaga 2093 nafar xorijiy, 5211 nafar mahalliy mehmon joylashtirildi, 174 nafar Qozog‘iston, 1832 nafar Tojikiston fuqarolari qarindosh-urug‘lari xonadonlarida mehmon bo‘lishdi.
Sayyohlarning Samarqand shahrida qolish vaqti o‘rtacha 2,6 kunni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
16:35 / 22.01.2026
Top-10 yo‘nalish: 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi?
15:20 / 21.01.2026
“Sayyohlar O‘zbekistonga 700-900 dollarga uchib kelyapti” - tadbirkor
07:30 / 21.01.2026
Xarita: turizmdan eng ko‘p pul topadigan davlatlar
21:52 / 19.01.2026