Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oiladagi ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida o‘quv kurslari tashkil etiladi
Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qaror bilan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish hamda oiladagi ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Maxsus o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun soatbay haq to‘lash sharti bilan yetakchi ta'lim, tadqiqot va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan rejasiga kiritilgan va maxsus o‘quv kurslariga o‘qishga yo‘llangan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davrida saqlanib qoladi.
Malaka oshirish uchun maxsus o‘quv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga to‘lanadigan sutkalik pul va ta'lim olish joyiga bir marta borib kelish bo‘yicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Maxsus o‘quv kurslari tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan ijara to‘lovining “nol” qiymati bo‘yicha, tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplash shartisiz o‘quv xonalari ajratib beriladi.
Mavzuga oid
09:18 / 30.01.2026
1 fevraldan ayrim yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi uchun subsidiya beriladi
10:38 / 10.11.2025
Oiladagi tinchlik faqat muhabbatdan emas - har yoshning o‘z psixologiyasi bor
12:46 / 18.02.2024
“Oila qurganimizni uydagilarimiz bilmasdi” – Grin karta uchun qalbaki to‘y qilgan 2 yosh hikoyasi
11:25 / 03.11.2022