Joriy yilning 10-28 mart kunlari Germaniyaning Berlin şahrida şaxmat böyiça Toj talabgorlari musobaqasi bölib ötdi. Musobaqa amaldagi jahon çempioni Magnus Karlsen bilan jahon şaxmat toji uçun uçraşuvga çiquvçi talabgorni aniqlovçi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi.
Şaxmat federatsiyasi xabariga köra, musobaqada 8 nafar jahon şaxmat yulduzi: Şahriyor Mamedyorov (Ozarboyjon), Vladimir Kramnik (Rossiya), Uesli So (AQŞ), Levon Aronyan (Armaniston), Fabiano Karuana (AQŞ), Din Lijen (Xitoy), Aleksandr Grişçuk (Rossiya), Sergey Karyakin (Rossiya) iştirok etdi.
Musobaqa ikki davra tizimida ötkazildi. Yakuniy natijalarga köra, hamyurtimiz Rustam Qosimjonov yordamçi murabbiyligi ostida musobaqada iştirok etgan amerikalik Fabiano Karuana 9 oçko bilan 1-örinni egalladi. Keyingi örinlarni ozarboyjonlik Şahriyor Mamedyorov hamda rossiyalik Sergey Karyakin egalladi.

Fabiano Karuana joriy yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning London şahrida norvegiyalik Magnus Karlsen bilan jahon şaxmat toji uçun bölib ötadigan bahsda iştirok etadi.

















