Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE Jahon çempioni Rustam Qosimjonov Özbekiston erkaklar şaxmat milliy terma jamoasiga boş murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, uning oldiga milliy jamoaning xalqaro maydondagi barqaror natijalarini mustahkamlaş, yoşlar uçun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yölga qöyiş, jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlaş vazifasi qöyilgan.
Rustam Maşruqoviç Qosimjonov 1979 yilda Toşkentda tuğilgan. 2004 yilgi FIDE jahon çempionatida sensatsion ğalabani qölga kiritgan. «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni, Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan.
Qosimjonov 2008-2012 yillardagi jahon çempionati öyinlarida hindistonlik grossmeyster Vişvanatan Anandning sekundant murabbiyi bölib, uning ğalabasiga yordamlaşgan.

















