Iste’dodli şaxmatçi Javohir Sindarov 6,5 oçko jamğargan holda Özbekistonda ilk bor taşkil etilgan «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri»ning «Masters» guruhida ğoliblikni qölga kiritdi.
Eronlik şaxmatçi Parxam Maqsudlu 6 oçko bilan 2-örinni, özbekistonlik Şamsiddin Vohidov 5 oçko jamğargan holda uçlikka yakun yasadi.
Uşbu guruhda ğoliblikka asosiy da’vogar sanalgan özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kuçli beşlikdan örin oldi.
Xalqaro turnirning «Çellenjyer» guruhida özbekistonlik Ortiq Ne’matov va serbiyalik Aleksandar Injiç 6,5 oçkoga ega bölişdi. Ammo, koeffisentlar evaziga serbiyalik şaxmatçi 1-örinni, hamyurtimiz 2-örinni egalladi.
Rustam Qosimjonov özbek şaxmati tarixidagi eng nomdor sportçi sanaladi. U xalqaro grossmeyster, 2004 yilda FIDe talqini böyiça jahon çempioni bölgan. Uning nomi bilan atalgan turnir Özbekistonda birinçi marta ötkazildi. Musobaqa sovrin jamğarmasi 70 ming dollarni taşkil etdi.

















