Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi «Şaxmatni yanada rivojlantiriş va ommaviylaştiriş hamda şaxmatçilarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida 2021 yildan boşlab har yili an'anaviy tarzda Toşkent şahrida Özbekiston prezidenti sovrini uçun xalqaro şaxmat turnirini ötkaziş belgilangan.

Qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida Toşkent şahrida 2021 yil 10 noyabrdan 19 noyabrga qadar «Prezident kubogi» xalqaro şaxmat turniri ötkaziladi. Unda 11 noyabr kuni blits turnir ötkazilsa, 13, 14 va 16 noyabr kunlari iştirokçilar ikkitadan turda ğoliblik uçun özaro dona surişadi.

Musobaqa şveysarça tizimda ikki bosqiçda – guruh bosqiçi, yarimfinal (onlayn) va final (7 tur, taxtada) hamda asosiy bosqiç (10 tur)da ötkaziladi.

«Prezident kubogi» xalqaro şaxmat turnirida 2021 yil 1 oktabr holatiga köra, FIDe reytingi (standart) 1 800 ball va undan yuqori bölgan erkaklar, FIDe reytingi 1 600 va undan yuqori bölgan ayollar iştirok etişi mumkin.

Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi 120 000 AQŞ dollarini taşkil etadi va bu Özbekiston tarixida eng yuqori sovrin jamğarmasiga ega şaxmat turniri sifatida tarixga kirmoqda.

«Prezident kubogi» xalqaro şaxmat turnirida quyidagi taniqli şaxmatçilar, xalqaro grossmeysterlar iştirok etiş istagini bildirişgan:

  1. Sanan Syugirov (Rossiya)
  2. Pavel Ponkratov (Rossiya)
  3. Rustam Qosimjonov (Özbekiston)
  4. Şant Sargsyan (Armaniston)
  5. Hans Niyemann (AQŞ)
  6. Mixail Koballia (Rossiya)
  7. Ehson Gayemmagami (Eron)
  8. Oleksandr Moisenko (Ukraina)
  9. Anton Sitnikov (Ukraina)
  10. Viktor Dmitrenko (Ukraina)
  11. Vyaçeslav Zarubitski (Belarus)
  12. Dmitro Mişçuk (Ukraina)
  13. Vadim Zvyaginsev (Rossiya)
  14. Maksim Matlakov (Rossiya)
  15. Maksim Çigayev (Rossiya)

Şuningdek, musobaqaga quyidagi xalqaro hakamlar ham taklif etilgan:

  1. Alsusi Rajai (Falastin)
  2. Mixail Kriukov (Rossiya)
  3. Vladimir Poley (Belarus)