16:12 / 28.03.2018
28900

Tojikistonlik Forbes'ning 30 yoshgacha bo‘lgan millionerlar ro‘yxatiga kiritildi

Foto: News.tj

Tojikistonlik Azizjon Azimiy – Nyu-York universitetining eng yosh bitiruvchisi, MBA/MPP nomzodi bo‘lib, Forbes «30gacha 30» ro‘yxatidan joy oldi.

Bu har yilgi reyting hisoblanib, 30 yoshgacha millioner bo‘lishga ulgurgan tadbirkorlar haqida ma'lumot beradi.

Azizjon Azimiy Tojikistonning «Tajrupt» nodavlat tashkiloti asoschisi hamda raisi sanaladi. Tashkilot mamlakatda yoshlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.

Ular Yevropa xayriya jamg‘armasidan moliya qo‘llab-quvvatlov olgan Markaziy Osiyodagi birinchi nodavlat tashkilot sifatida Butunsinf resurs markazini tashkil etishdi. Unda ishtirokchilar gender tengligi, mustaqil OAV va tadbirkorlik kabi mavzularni muhokama qiladi.

Azimiy – Nyu-York universitetining eng yosh bitiruvchisi. Uni 2016 yilda tamomlagan. Azizjon Azimiy 15 yoshida talabaga aylangan. 

Top