Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorgarligi reja bo‘yicha ketmoqda – Pentagon
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uchrashuviga tayyorgarlik rejaga qat'iy amal qilingan holda ketmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Pentagon rahbari Jyeyms Mettis ma'lum qildi.
“Bu ittifoqdoshlarimiz Yaponiya va Janubiy Koreya ishtirok etayotgan rejaga asoslangan jarayondir”, deb aytgan Mettis va bu bilan davlat departamenti xodimlari shug‘ullanayotganini qo‘shimcha qilgan.
Mettisning aytishicha, uchrashuvga tayyorgarlikni hattoki Trampning Reks Tillersonni davlat kotibi lavozimidan iste'foga jo‘natish qarori ham izdan chiqarmagan.
Mettis AQSh Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muhokama qilmoqchi bo‘layotgan savollar bo‘yicha maslahatlashuvlarda qolgan davlatlar ham ishtirok etayotganini ma'lum qildi.
8 martda ma'lum bo‘lganidek, Kim Chen In Janubiy Koreya vakillari orqali Trampga uchrashuv o‘tkazish haqidagi taklifni bildirgan. Tramp bu taklifni qabul qilgan va uchrashuv may oxirigacha bo‘lib o‘tishi kerakligini aytgan. Ayni vaqtda uchrashuv o‘tadigan joy va sana belgilanmagan.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026