Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
2018 yilning 28 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Xitoy delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Baodunni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar beryapti.
Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston hukumatini ko‘p yillik Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlangan Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.
Uchrashuvda ta'kidlanganidek, Afg‘onistondagi tinchlik ulkan mintaqaning barcha mamlakatlariga sezilarli foyda keltirishi, barcha yo‘nalishlarda mintaqaviy va transmintaqaviy savdoni rivojlantirishi yuzasidan O‘zbekiston va Xitoyning fikrlari birdek ekanligi qayd etildi.
Uchrashuvda hozirgi paytda Xitoy raislik qilayotgan Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralarda Xitoy elchisi Jiang Yan ishtirok etgan.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026