Senatorlar «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunni ma'qulladi. 

ÖzA xabariga köra, mazkur qonun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14 martdagi “Özbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq işlab çiqilgan. 

Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini taşqi va içki tahdidlardan himoya qiluvçi maxsus vakolatli organ etib belgilangan. 

Xizmat Özbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini taşqi va içki tahdidlardan himoya qiladi. 

Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularni aniqlaş va ularga barham beriş böyiça faoliyat olib boradi. 

Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini oliş, ularni aniqlaş hamda ularga barham beriş böyiça razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oşiradi. 

Özbekiston Respublikasining Davlat çegaralarini qöriqlaydi va himoya qiladi. 

Terrorizm, ekstremizm, uyuşgan jinoyatçilikka, qurol-yaroğ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarşi kuraşiş; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvçi milliy, irqiy va diniy adovatni tarğib etişga qaratilgan buzğunçilik faoliyatining oldini oliş, uni aniqlaş va unga barham beriş böyiça faoliyat olib boradi. 

Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta'minlaydi. Özbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma'naviy merosini himoya qiladi. 

Davlat organlari va boşqa taşkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvçi korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş, telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta'minlaş, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvçi omillarning oldini oliş, aniqlaş va ularga barham beriş böyiça kuraş olib boradi.