Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShga «o‘ziga choh qazimaslikni» maslahat berdi
XXR Tijorat vazirligi rasmiy vakili Gao Fenning ma'lum qilishicha, AQSh boshqalar uchun qazigan chohga o‘ziga qulashi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Biz AQShga ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan qandaydir harakatlardan tiyilishni tavsiya etamiz, aks holda Qo‘shma Shtatlar boshqalar uchun qazigan chohga o‘zi qulaydi», - deya aytib o‘tgan Gao Fen.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Pekin savdo urushini xohlamaydi.
«Xitoy ayni damda butun dunyo bo‘ylab hamkorlik munosabatlarini rivojlantirmoqda, xalqaro munosabatlarning yangi modelini yaratishga harakat qilmoqda, bunda hamkorlik barcha mamlakatlar manfaatini hisobga oladi va o‘zaro manfaatli bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Gao Fen.
Mavzuga oid
17:31
Xitoy muvaffaqiyatli raketa parvozidan keyin uning busterini qaytarib oldi
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
22:47 / 09.07.2026