Qirğiziston Respublikasi boş vaziri Sapar Isakov boşçiligidagi Qirğiziston delegatsiyasi amaliy taşrif bilan Özbekistonga keldi.
ÖzA xabariga köra, mehmonlarni Andijon viloyatidagi “Döstlik” çegara majmuasida Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov, Qirğiziston Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi vakillari va keng jamoatçilik vakillari kutib oldi.


Taşrifdan közlangan asosiy maqsad, ikki qöşni mamlakat örtasida iqtisodiy, madaniy, çegara masalalari böyiça aloqalarni yanada yuqori bosqiçga kötariş, şuningdek, savdo-sotiq, turizm, energetika, transport sohalaridagi hamkorlik kölamini kengaytiriş közda tutilgan.

Çegara majmuasida mehmonlarni kutib olişga bağişlangan tadbirdan söng Qirğiziston Respublikasi boş vaziri Sapar Isakov rahbarligidagi delegatsiya Farğona viloyatiga jönab ketdi.


Farğonada Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi boş vazirlari raisligidagi ikki davlat çegaradoş viloyatlari rahbarlari kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötadi.
















