Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov Telegram'dagi nosozlikka izoh berdi
Foto: Reuters
Telegram’ning tvitterdagi sahifasida messenjer ishidagi nosozlik haqidagi ma'lumotlarga izoh berildi.
«Ayni damda bizning Yevropa, Yaqin Sharq va MDH davlatlaridagi foydalanuvchilarimiz ulanish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishyapti. Biz bu muammoni o‘rganib chiqmoqdamiz hamda tez orada uni bartaraf etishga umid qilmoqdamiz», - deyiladi xabarda.
Telegram asoschisi Pavel Durovning tushuntirishicha, messenjer ishidagi nosozlik Yevropada serverlar klasterida ta'minot uzib qo‘yilgani tufayli yuz berdi. Bu haqda tvitterdagi sahifasida yozgan.
«@telegram serverlari klasterida ta'minotning o‘chirib qo‘yilishi Yevropada muammolarga olib keldi. Biz buni to‘g‘irlash ustida ishlamoqdamiz, biroq ko‘p narsa ma'lumotlarni qayta ishlash markazi provayderi energetik uskunani soz holatga keltirishiga bog‘liqdir», - deya ma'lum qildi Durov.
Avvalroq MDH va Yevropa mamlakatlarida Telegram ishlamay qolgani xabar berilgandi. Ayni vaqtda O‘rta Osiyodan tashqari, Rossiya, Ukraina va Belarus kabi MDHning boshqa mamlakatlarida, shuningdek, Yaqin Sharq va Yevropaning ayrim davlatlarida, AQShning Kaliforniya shtatida ushbu messenjerdan foydalanib bo‘lmayapti.
Mavzuga oid
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi
15:57 / 03.04.2026
“Sudga chaqirildingiz” – Telegram’da zararli APK fayllari tarqatilmoqda
09:34 / 28.03.2026