Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV 2019 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi
2018 yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlar 27 mart kuni nihoyasiga yetgan Toshkent forumi natijalari yuzasidan fikr almashdilar.
Qirg‘iziston TIV rahbari ta'kidlaganidek, konferensiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishi Afg‘oniston mojarosining tezda hal etilishi uchun konstruktiv asos yaratdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Abdulaziz Komilov va Erlan Abdildayev tomonidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026