Farğonada Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi Boş vazirlari raisligida ikki davlat çegaradoş viloyatlari rahbarlari kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi. 

Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov va Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri Sapar Isakov mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari, döstlik, yaxşi qöşnilik va özaro işonçga asoslangan hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yangi bosqiçga kötarilganini ta'kidladi. 

«Mamlakatimiz öz taşqi siyosatida, avvalo, qöşni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Keyingi paytda Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi şeriklik aloqalari faollaşayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, Qirğiziston Respublikasi bilan hamkorlik yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Parlamentlar, turli vazirlik va idoralar, hududlar örtasida aloqalar tobora kengaymoqda. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5-6 sentabr kunlari Qirğizistonga davlat taşrifi çoğida Özbekiston Respublikasining çegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirğiziston Respublikasi hukumatining çegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari kengaşini taşkil etiş töğrisida hukumatlararo anglaşuv memorandumi imzolangan edi. Mazkur kengaş tomonlarning özaro hamkorligini rivojlantiriş, doimiy monitoringi va tahlilini olib boriş, ayniqsa, çegaraoldi viloyatlar örtasida munosabatlarni mustahkamlaş, turli takliflar işlab çiqiş hamda muammolarni amaliy hal etişda muhim ahamiyat kasb etadi», deyiladi ÖzA xabarida. 

Yiğilişda çegaraoldi hududlar örtasida özaro hamkorlikni yölga qöyiş, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar jalb etiş, turizm, madaniy va ma'rifiy sohalarda aloqalarni kengaytiriş, Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasida fuqarolar uçun şaroitlarni yaxşilaş va nazorat-ötkaziş punktlari sonini köpaytiriş kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, qisqa vaqt içida çegaraoldi viloyatlar örtasida yaxşi qöşnilik aloqalari yölga qöyildi. Navröz bayrami arafasida Botken viloyati delegatsiyasi Farğona viloyatiga, Jalolobod viloyati delegatsiyasi Namangan viloyatiga keldi, Öş şahridan esa Andijon şahriga döstlik safari taşkil etildi. Iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy aloqalar yanada mustahkamlandi. 

Tadbir doirasida Farğona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi sanoat korxonalari va tadbirkorlar işlab çiqarayotgan mahsulotlar körgazmasi taşkil etildi. Qöşni mamlakat vakillari iştirok etgan körgazmada bir qator manfaatli şartnomalar imzolandi.