Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya sobiq bosh vaziri O‘zbekistonga soliq islohoti bo‘yicha yordam beradi
O‘zbekistonda fiskal organlarning butun tizimini tubdan o‘zgartirilishini nazarda tutadigan 2020 yilga qadar soliq islohoti konsepsiyasi muhokama qilinmoqda.
KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, Gruziya sobiq bosh vaziri Nika Gilauri O‘zbekistonga soliq siyosatini isloh qilishda yordam ko‘rsatadi.
Ayni damda Gruziya sobiq bosh vaziri, sobiq moliya, energetika vaziri Toshkentda bo‘lib turibdi. U 2020 yilgacha soliq islohoti konsepsiyasi loyihasi muhokamasida ishtirok etmoqda.
Gilaurining bildirishicha, O‘zbekiston soliq sohasida xususiy sektor va iqtisodiyot rivojini to‘xtatib turgan holatlarga barham beruvchi islohotlarni amalga oshirishi kerak.
"O‘zbekistonda ayni damda taklif etilayotgan soliq islohotlari men ko‘rganlar ichidagi eng ilg‘or variantlardan biri. O‘ylashimcha, bu mamlakat, iqtisodiyot, xususiy biznes uchun juda yaxshi effekt beradi", - deya aytib o‘tdi Gilauri Toshkentdagi soliq islohoti konsepsiyasining jamoatchilik muhokamasi davomida.
Uning qayd etishicha, Gruziyada shunday islohotdan so‘ng soliqlar soni 21tadan 6taga qisqardi, sakkiz yil ichida soliq yig‘imlari 10 barobar oshdi, iqtisodiyot esa – to‘rt barobarga.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
23:50 / 31.10.2025
Navoiyda xatolik tufayli 2 dona qalampirga 2 mlrd so‘mlik chek urildi
14:49 / 31.10.2025
QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati kengaydi
10:56 / 29.10.2025