Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: rahbarlar pastda yurishi, xalqqa xizmat qilishi kerak
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi.
«Hamma joyda o‘zim yurganimning sababi – boshqa rahbarlar ham pastda yurishi, hayotni o‘rganishi, oyog‘i yerdan uzilmay, xalqqa xizmat qilishi uchun. Jizzaxga ham viloyatni rivojlantirish, odamlarga har tomonlama sharoit yaratish bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p rejalar bilan keldik», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltiradi prezident matbuot xizmati.
Barcha tumanlarda foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish, Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, lalmi hududlarni uzumchilikka ixtisoslashtirish, «Obod qishloq» dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash, tomorqalardan foydalanishni kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.
«Ko‘ryapsizlar, ko‘p tizimlarni o‘zgartiryapmiz, odamlarga oson bo‘lishi uchun hamma choralarni ko‘ryapmiz. Odamlar ham o‘zi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.



Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025