O‘zbekiston | 11:46 / 30.03.2018
25657
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini boshladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari dastlab Zarbdor tumanidagi «Zarbdor tekstil» mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. 

«Bu korxonani bunyod etish bo‘yicha prezidentimizning o‘tgan yili viloyatga tashrifi chog‘ida topshiriq berilgan edi. Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqand viloyatida bo‘lganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini ta'kidlagan edi», deyiladi xabarda. 

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan «Zarbdor tekstil» ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta'minlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni to‘ldirib, eksportga ham yo‘naltiriladi. 

«Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta'minlash. Endi bir kilogramm ham paxtamizni chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Jizzax viloyatida to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

UzA Qarshiyev Aziz
Tayyorlagan UzA Qarshiyev Aziz
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid